Samarqandda 63 yoshli fuqaroga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi
IIV huzuridagi Tergov departamenti ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda 63 yoshli kishi urib-do‘pposlangani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi
2020 yilning 29 mart kuni taxminan soat 02:30da 32 yoshli A.T. Samarqand shahrida joylashgan “Tabiat-saxovat” dehqon bozori oldida joylashgan do‘kon oldiga kelgan.
Tergov departamenti xabarida aytilishicha, u shu do‘konda norasmiy qorovul bo‘lib ishlagan fuqaro 63 yoshli X.M.ga qorni ochganligini va unga “xot-dog” tayyorlab berishini aytgan, ammo X.M. unga do‘kon karantin sababli do‘kon yopiqligini aytganidan so‘ng u bilan janjallashib qolib, X.M.ni qo‘l va oyoqlari bilan qasddan urib-do‘pposlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha A.T.ga JKning 104-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayb e'lon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024