Jamiyat | 13:00 / 14.04.2020
12178
5 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga qarshi umumiy kurash

Foto: LUKOYL

Koronavirus butun jahonni larzaga keltirib, barcha yangiliklarning asosiy mavzusiga aylandi. Virus infeksiyasi nafaqat insonlarning sog‘lig‘i, balki jahon davlatlarining deyarli hammasida iqtisodiyotning  barcha tarmoqlaridagi xo‘jalik sub'yektlari faoliyatiga ham 1-darajali tahdid bo‘lib xavf solmoqda.

O‘zbekiston hukumati tomonidan xavfli virus ommaviy tarqalishining oldini olish uchun amalga oshirayotgan chora-tadbirlarini inobatga olib, «LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani» 24 mart kunidan boshlab Toshkent shahridagi o‘z ma'muriy ofisi xodimlarini masofaviy ish rejimiga o‘tkazishni ta'minladi, 100% xodimlarga mobil moslamalardan va kompyuterlardan axborot resurslariga va tizimlariga masofadan kirish imkoniyatini yaratgan holda uyda to‘laqonli ishlash uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etdi.

Bunda mehnat haqini to‘lash o‘zgarmay qolgan, ish haqi to‘liq miqdorida to‘lanadi.

Kompaniya xizmatlarining ishlashini va o‘zaro faoliyatini ta'minlash uchun zamonaviy raqamli texnologiyalar qo‘llanadi. Barcha xodimlar tezkor xabar berish va o‘zaro faoliyat imkoniyatlari, shu jumladan MicrosoftTeams orqali guruh chatlari, guruhli audio va video-qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ta'minlangan. Masofaviy ish rejimida ishlaydigan foydalanuvchilarning doimiy IT-qo‘llab-quvvatlanishi amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, LUKOYL-O‘zbekiston kompaniyasida epidemiya sharoitida uzluksiz ishlashni ta'minlash bo‘yicha inqirozga qarshi kurashish shtabi yaratilgan, ofis xodimlariningxavfsizligi va ishlab chiqarish obektlaridagi vaxta ishchilarining izolyatsiyada ishlashi uchun bir qator choralar to‘plami qabul qilingan. Bosh ofisda turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha 2-daraja shtabi tuzilgan, uning a'zolari kompaniyaning joriy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun doimo o‘z ish joylarida bo‘lib turadi. Shtab xodimlariga himoya vositalari taqdim etilgan, har kuni ertalab tana harorati o‘lchanadi, ishga borish va shaharda harakatlanish uchun xizmat transport vositalari ta'minlab berilgan.

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi ishlab chiqarish obektlarining vaxtada bo‘lgan xodimlari sog‘lig‘i ustidan kun-u tun tibbiy nazorat o‘rnatilgan.Ishlab chiqarish obektlaridagi tibbiy punktlarning shifokorlari tomonidan har kuni ishchilarning tana harorati o‘lchanadi.Barcha ishlab chiqarish obektlari tibbiy niqoblar va termometrlar bilan ta'minlangan.Mahalliy vaxta ishchilari vaxtaning muddatlari oshirilishini ko‘zda tutgan  ish vaqti jadvaliga o‘tkazilgan. Bunda barcha dispetcherlik xizmatlari o‘z joylarida shtatli rejimda ishlashni davom ettirmoqda.

Toshkent shahrida avtomobillarning harakatlanishi cheklovlari kiritilganiga qaramay, kompaniya tomonidan LUKOYL AYoQSh larining uzluksiz ishlashi ta'minlangan.

LUKOYL COVID-19ning tarqalishiga qarshi umumiy kurashishdan chetda qolmaydi. Bu borada «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» xayriya fondining hisobraqamiga koronavirusga qarshi kurashish davrida O‘zbekiston hukumatiga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish uchun mablag‘lar o‘tkazilgan. 

Bundan tashqari, LUKOYLning xayriya yordami doirasida Olot tumanidagi kam ta'minlangan oilalar, Buxoro ko‘zi ojizlar jamiyatiga, Toshkent shahri Yunusobod tumani Ko‘zi ojizlar jamiyatiga, Ko‘zi ojiz yoshlar markaziga hamda «Ziyo Nuri» xayriya fondiga moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.

«Sog‘lom avlod uchun» fondining Qashqadaryo filialiga ham viloyatning eng chekka tumanlaridagi aholining ijtimoiy kam ta'minlangan qatlamlari uchun himoya vositalari, dori vositalari va dezinfeksiya vositalarini sotib olish uchun pul mablag‘lari ajratilgan.

Ishonamizki,  barchamiz respublikada kiritilgan karantin choralariga rioya qilishga ongli yondashib, xavfli virus infeksiyasi tarqalishi xavfini juda tez yengib o‘tishga va jamiyatimizning odatiy hayot tarziga  qaytishiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin.

«LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani» MChJ ning matbuot xizmati

Mavzuga oid