Iqtisodiyot | 17:26 / 14.04.2020
42532
1 daqiqa o‘qiladi

Qayta moliyalash stavkasi 1 foizga pasaytirildi

Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Markaziy bank boshqaruvining 2020 yil 14 apreldagi navbatdan tashqari yig‘ilishi qaroriga asosan, Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi.

Koronavirus pandemiyasi yuzaga kelgunga qadar, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani o‘zgarishsiz 16 foiz darajasida saqlab qolgandi.

Shunga qadar, MB inflyatsion targetlash siyosatini tutib, 2023 yilda inflatsiya darajasini 5 foizga, 2021 yilda esa bu ko‘rsatkich 10 foizga tushishi maqsad qilingandi.

Mavzuga oid