«Prezident odamlarning birlamchi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha topshiriq bergan» – Qo‘chqorov turmush darajasi og‘irlashishiga qarshi choralar haqida
Bank-moliya sektori brifingida ishtirok etgan Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov aholidan kelib tushgan savollarga javob berdi.
— Karantin e'lon qilingach, ko‘pchilik mehnat ta'tiliga chiqdi, lekin karantin muddati qachongacha cho‘zilishi va aynan qachon tugashi noma'lum. Bunday holatda aholi turmush darajasi qiyinlashishining oldini olish uchun biror choralar ko‘riladimi?
«Ming afsuski, karantinning qanchalik cho‘zilishi haqida aniq bir gap ayta olmaymiz. Bu bo‘yicha har xil prognozlar bor. Karantindan chiqish mening fikrimcha, bosqichma-bosqich sodir bo‘ladi.
Aytib o‘tilganidek, sanoat, qurilishda, qayerda sanitariya talablarini bajarish imkoniyati bo‘lsa, ular [karantindan] chiqaveradi. Qishloq xo‘jaligida karantinga ehtiyoj juda ham kam. Tabiiyki, hozir ekmasak, o‘n besh kundan keyin ekishning foydasi ham yo‘q.
Shuning uchun karantindan qachon chiqamiz degan savolga javob berish juda ham qiyin. Aprel oyida karantin davom etadiganga o‘xshayapti. Odamlarimiz 15 martdan beri uylarida o‘tirishibdi. Bu savolning tagida nima turganini yaxshi tushunyapman. Ya'ni bir qator rivojlangan mamlakatlar va ayrim qo‘shni mamlakatlarda ishini yo‘qotgan odamlarga ma'lum bir to‘lovlar berilyapti.
Odamlarga yordam ko‘rsatish haqida gapiradigan bo‘lsak, karantin e'lon qilingan birinchi kunlardan boshlaboq prezidentimiz odamlarning daromadini ta'minlash, ularning kayfiyatini o‘ylash, ularning birlamchi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha hukumatga topshiriq bergan. Shu nuqtayi nazardan bir nechta variantlar haqida o‘ylab ko‘rilyapti. Bu juda ham katta mablag‘larni talab qiladigan chora-tadbir. Gap bir necha million odam haqida ketyapti. Shuning uchun bu haqida gapirishimiz sal ertaroq.
Bugundan e'tiboran uch iqtisodiy idora (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi) yuzaga kelgan vaziyat, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida tez-tez jurnalistlar bilan muloqot qilamiz», dedi Qo‘chqorov.
Mavzuga oid
14:16 / 03.06.2024
“Xonadonlarning uchdan bir qismida tabiiy gaz yo‘q” - Jamshid Qo‘chqorov
17:56 / 20.12.2023
Ayrim turdagi to‘lovlarni naqd pulda amalga oshirish to‘xtatilishi mumkin
22:56 / 21.11.2023
Mahalla budjeti tizimi qanday ishlashi ma’lum qilindi
18:49 / 31.08.2023