Pensionerlarning plastik kartalaridagi operatsiyalar uchun komission to‘lovlar undirilmaydi
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, pensionerlarning plastik kartalaridagi operatsiyalar uchun komission to‘lovlarni undirmaslik tartibi joriy etiladi.
Bundan tashqari, elektron raqamli imzo kalitini masofadan turib olish mexanizmi tatbiq etiladi.
Eslatib o‘tamiz, karantin davrida pensiya va nafaqalarni faqatgina bank plastik kartalariga o‘tkazish tartibi belgilangan. Kartasi bo‘lmagan pensioner va nafaqaxo‘rlarga bank plastik kartalari bepul ochib beriladi.
Pensiya va nafaqalarni to‘liqligicha bank plastik kartalari orqali amalga oshirish tartibi quyidagi muddatlarda yo‘lga qo‘yiladi:
- 2020 yilning may oyidan – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun;
- 2020 yilning iyun oyidan – respublikaning barcha hududlaridagi fuqarolar uchun.
Bu jarayonda fuqarolardan pasport nusxalari va boshqa hujjatlar talab etilmaydi. Plastik kartalar fuqarolarning ovoragarchiligisiz rasmiylashtiriladi, pensiya va nafaqa oluvchilarning bank bo‘limlariga borishi yoki ariza berishi talab qilinmaydi.
Mavzuga oid
11:03 / 08.06.2024
Putin ishlayotgan fuqarolarga pensiya indeksatsiyasini qaytarishni taklif qildi
21:54 / 01.05.2024
Eng kam pensiyalar minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi
13:18 / 04.05.2021
2022 yil 1 iyuldan pensiya tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki ID-karta talab etiladi
16:57 / 15.04.2021