Jamiyat | 12:49 / 20.04.2020
9066
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda bir kishi vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 15 aprel kuni soat 22:30da 4-R 102 avtomobil yo‘lining Surxondaryo viloyati Angor tumani “Ilg‘or” mahallasi hududidan o‘tuvchi 16-km.da yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 22 yoshli J.T. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan ISUZU rusumli transport vositasini Jarqo‘rg‘on-Angor yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelayotgan vaqtida, o‘ziga qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 20 yoshli J.A. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinaning yo‘liga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada Damas rusumli avtomashina haydovchisi J.A. tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid