O‘zbekiston | 19:52 / 22.04.2020
13920
2 daqiqa o‘qiladi

Jamshid Xo‘jayev sovuq urishi natijasida qancha chigit maydoni zararlangani haqida ma'lumot berdi

9-12 aprel kunlari O‘zbekistonda kuzatilgan sovuq ob-havo respublikada chigit ekilgan maydonlarning 2,7 foizini zararlagan va bu maydonlarda qayta chigit ekishga ehtiyoj bor.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda sohaga oid bir qancha dolzarb savollarga javob berdi. Vazir suhbat davomida 9-12 aprel kunlari O‘zbekistonda kuzatilgan sovuq ob-havo oqibatida qancha g‘alla va chigit maydonlarning zararlangani haqida ma'lumot berdi.

«Bizda ekiladigan g‘alla sovuqqa chidamli hisoblanadi. Qor yog‘gan paytda g‘alla hali boshoqlamagan edi. Biz respublikaning biror joyida g‘allaga sovuqning salbiy ta'sirini ko‘rmadik. To‘g‘ri, ayrim joylarda g‘alla yotib qolgan, lekin mana ikki-uch kundirki, iliq ob-havo natijasida yotib qolgan g‘alla joyiga qaytdi. 

Chigitga ta'siri haqida. Bugungi kunda O‘zbekistonda chigit ekiladigan 1 mln gektar maydonning 820 ming gektari, yoki 80 foizdan ortiq qismiga chigit ekib bo‘lganmiz. Uch-to‘rt kunda havo harorati ancha ko‘tarilgani uchun hozir dalalarda juda ko‘p texnikalar ishlayapti va chigit ekish davom etyapti. Umuman olganda sovuq urishi natijasida 2,7 foiz g‘o‘za maydoni zarar ko‘rdi.

Mana shuncha maydonda chigitni qayta ekishga ehtiyoj bor. Bu jarayon ham hozir boshlab yuborilgan.

Unib chiqqan chigitning zararlanish holatlari asosan Andijon va Surxondaryo hududiga to‘g‘ri kelmoqda», – deya Jamshid Xo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid