Jahon | 10:09 / 24.04.2020
13292
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyaga gumanitar yordamning uchinchi partiyasini yubordi

23 aprel kuni Vnukovo xalqaro aeroportiga Boeing 767-300PTC samolyoti koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida O‘zbekistondan gumanitar yordamning uchinchi partiyasi bilan keldi. 

Aviaport xabariga ko‘ra, bort tibbiy niqoblar va dokalarni Rossiya poytaxtiga olib kelgan.

Rossiya tomonidan yuklarni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi, Rossiya Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, shuningdek boshqa idoralari vakillari qabul qilishdi.

Gumanitar yordamning birinchi va ikkinchi partiyalari 2020 yil 18 va 20 aprel kunlari Moskvaga yetkazib berildi. Umuman olganda, O‘zbekiston tomoni Rossiyaga 5 million dona tibbiy niqob va tibbiy doka jo‘natishni rejalashtirmoqda, ular asosan pandemiyaga qarshi kurash sohasida ishlayotganlarga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid