Jahon | 01:44 / 25.04.2020
84506
4 daqiqa o‘qiladi

Qoyilmaqom boshpana: Bill Geyts pandemiya avjiga chiqqan paytda 43 mln dollarga qanday uy sotib oldi?

Jahonning eng boy kishilari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda joylashgan Bill Geyts pandemiya avjiga chiqqan pallada «qoyilmaqom boshpana» — Kaliforniyadagi plyajdan 43 mln dollarga uy sotib oldi. Forbes ushbu uyning suratlarini taqdim etdi.

Bill Geyts va uning rafiqasi Kaliforniyaning San-Diyego shahri yaqinidagi Del-Mar kurort shaharchasida joylashgan uyni mart oxirida, JSST koronavirus pandemiyasi haqida e'lon qilganidan bir hafta o‘tib sotib oldi.

Uyni o‘tgan yili vafot etgan texaslik neft magnati Ti Bun Pikkensning bevasi sotdi. U bu mulk uchun 48 mln dollar so‘rayotgandi, ammo Geytslar 5 mln dollar chegirmaga ega bo‘lishdi.

Tinch okeani sohilidagi uy «o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish uchun qoyilmaqom boshpana» bo‘lishi mumkin, deb yozadi Daily Mail.  

Yotoqxona

Asosiy yotoqxonadan okean ko‘rinib turadi va marmar kamin bilan jihozlangan. Uyda hammasi bo‘lib oltita yotoqxona bor.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Okeanga qaragan jakuzi  

Plyaj bo‘ylab joylashgan 37 metrli ayvonga 10 kishilik jakuzi o‘rnatilgan bo‘lib, u yerdan okeanni tomosha qilish mumkin.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Qimmatbaho yog‘ochlar ishlatilgan

Uyning ichiga qizil daraxt va oqartirilgan qarag‘aydan ishlov berilgan.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Mehmonxona

Mehmonxona keng bo‘lib, shifti baland.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Ayvondagi dam olish hududi

Dam olish hududining poli import ohakdan tayyorlangan.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Mehmonxona

Uyning umumiy maydoni — 540 kv. m.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Yotoqxona

Uy loyihasi kaliforniyalik mashhur arxitektor Ken Ronchetti tomonidan tayyorlangan. Unda oltita yotoqxona va to‘rtta yuvinish xonasi bor.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Bolalar xonasi

Uyda ikkita karavot joylashgan bolalar xonasi ham mavjud.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Basseyn

Basseyn shisha plitka bilan bezatilgan.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Mehmonlar yotoqxonasi

Uyda mehmonlar uchun mo‘ljallangan yotoqxona ham bor.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Okean manzarasi

Ayvonda okeanni kuzatib bahra olish mumkin.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Okean basseyndan ham ko‘rinadi

Okeanni basseyndan ham tomosha qilish mumkin.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Okeanning jakuzidan ko‘rinishi

Ayvonda basseyn, jakuzi va ochiq dam olish hududi joylashgan.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Ayvon

Okean tomonga qaragan barcha xonalarning devorlari oynavand bo‘lib, ular surib ochilishi mumkin.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Uyning yuqoridan ko‘rinishi

Uyda to‘rtta avtomobilga mo‘ljallangan garaj bor.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Mavzuga oid