Apple koronavirus sababli yangi iPhone’larni ommaviy ishlab chiqarishni kechiktirishi mumkin
Kechikish koronavirus pandemiyasi sababli jahonda talabning susayishi va Osiyoga butlovchi qismlar yetkazib berish zanjirining izdan chiqishi bilan bog‘liq.
Kompaniya odatda yangi iPhone modellarini sentabr o‘rtalarida taqdim etadi va oy oxiriga qadar savdoga chiqaradi.
Apple kompaniyasi o‘zining yangi iPhone smartfonlarini ishlab chiqarishni taxminan bir oyga kechiktirishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.
Kechikish koronavirus pandemiyasi sababli jahonda talabning susayishi va Osiyoga butlovchi qismlar yetkazib berish zanjirining izdan chiqishi bilan bog‘liq, deyiladi xabarda.
WSJ manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Apple 2020 yil oxirlarida to‘rtta yangi iPhone modelini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya odatda yangi iPhone modellarini sentabr o‘rtalarida taqdim etadi va oy oxiriga qadar savdoga chiqaradi. Buning uchun Apple yoz boshlarida ommaviy ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Manbalarning aytishlaricha, bu yil ushbu jarayon bir oy ortga suriladi.
Mavzuga oid
22:57 / 28.09.2024
Apple OpenAI kompaniyasini moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
21:48 / 18.09.2024