Buxorodagi kuchli shamol oqibatida jarohatlanganlar soni 41 kishini tashkil qilmoqda
Buxoro viloyatida kuchli shamol jami 5293 ta, jumladan 3 ta madaniy meros, 12 ta tibbiyot muassasasi, 62 maktab, 43 ta bolalar bog‘chasi va boshqa obektlarga zarar yetkazdi. Hodisadan 41 kishi jarohatlandi, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Buxoroda 28 aprelga o‘tar kechasi kuzatilgan kuchli shamol oqibatida 41 nafar kishi tan jarohati olgan. Bu haqda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma'lumotida keltirilgan.
«Shundan, 32 nafariga yengil, 7 nafariga o‘rta va 1 nafar fuqaroga og‘ir tan jarohati yetdi», deyiladi Buxoro viloyati hokimligi axborotida.
Yengil va og‘ir tan jarohati yetgan 8 nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 32 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berildi.
- Dastlabki xabarlarda hodisa oqibatida kamida 30 kishi jarohatlangani va bir kishi vafot etgani aytilgandi.
Shuningdek, yetkazilgan talofatni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor viloyat shtabi taqdim qilingan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha jami 5293 ta obektning 378 ming 238 kv.metr tom qismida shifer qoplamalari, 1630 kv.metr bino va devorlari, 15415 dona eshik va derazalariga shikast yetdi. Jumladan:
- 12ta sog‘liqni saqlash obektida 7260 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari, 320 kv.metr bino va devorlari, 190 dona eshik va derazalariga;
- 52ta umumta'lim maktablarining 10 ming 400 kv.metr tom qismining shifer qoplamasi, 92 dona eshik va romlari;
- 43ta maktabgacha ta'lim obektlarining 2 ming 647 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari, 38 dona eshik va deraza romlari;
- 63ta ko‘p qavatli uy-joylarning 18 ming 378 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari, 15 dona eshik va deraza romlari;
- 4800ta yakka tartibdagi aholi uy-joylarining 336 ming kv.metr tom qismining shifer qoplamalari, 14 ming 400 dona eshik va deraza romlari;
- 220ta noturar obektlar (savdo do‘konlari, ma'muriy binolar v.h.k)ning 15 ming 400 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari va 660 dona eshik va deraza romlari;
- 3ta madaniy meros obektining 420 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari, 1 ming 200 kv.metr bino va devorlari, 20 dona eshik va deraza romlariga;
- 11ta sport obektining 2 ming 419 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari 291 ta eshik va derazalarga talofatlar yetganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, 82 holatda tabiiy gaz ta'minotida, 120 holatda elektr energiyasi ta'minotida uzilish va avariya holatlari qayd qilindi. Shuningdek, 450 dona elektr temir beton tayanchlari yiqilgan bo‘lsa, uzilib yerga tushgan simlarning uzunligi 51 kmni, ishdan chiqqan transformatorlar soni 25 tani tashkil etadi.
Kuchli shamol va yog‘ingarchilik oqibatida viloyat bo‘yicha 42 ming 400 dona yirik daraxtlar sinishi va qulashi qayd qilindi. Binolar ostida va daraxtlar ostida qo‘yilgan yuridik va jismoniy shaxslarning 415 ta avtotransportga jiddiy ziyon yetdi.
- Eslatib o‘tamiz, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga 28 aprelga o‘tar kechasi Turkmaniston hududidan kirib kelgan kuchli shamol yopirilib, shamolning tezligi soniyasiga 40 metrgacha yetgani xabar berilgan edi. Natijada hududlarda elektr va gaz ta'minotida uzilishlar yuzaga kelgan, ular orasida Buxoro eng katta talafot ko‘rgandi.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
12:22 / 08.11.2024
Buxoroda Xitoy ishtirokida sanoat parki barpo etiladi
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024