Toshkent shahar IIBB haydovchilarga murojaat bilan chiqdi
Avtomobilning texnik holatini tekshirishda dvigatel, tormoz va boshqaruv tizimi, yordamchi jihozlar, shinalar hamda davlat raqamlariga alohida e'tibor berish so‘ralgan.
Respublika maxsus komissiyasi xulosasiga asosan, koronavirus pandemiyasi tarqalishi oldini olish vaqtida 30 aprel kunidan soat 7.00 dan 10.00 gacha va kechki soat 17.00 dan 20.00 gacha barcha turdagi yengil avtomashinalarga yo‘lovchilari bilan birga ish joylariga borish, zaruriy dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun harakatlanishlari mumkin.
Toshkent shahar IIBB haydovchilardan harakatlanishdan oldin transport vositalarini to‘liq va yaxshi ish holatda ekanligiga ishonch hosil qilishni so‘ragan.
“Avtomobilning texnik holatini tekshirishda dvigatel, tormoz va boshqaruv tizimi, yordamchi jihozlar (tozalagichlar yorug‘lik va ovoz signallar), shinalar hamda davlat raqamlariga alohida e'tibor berishingizni so‘raymiz.
Yoqilg‘i va boshqa suyuqliklar holatini tekshiring va sizib chiqmayotganligiga, ogohlantirish belgisi borligiga ishonch hosil qiling.
Yodingizda bo‘lsin, texnik nosozlik bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish yo‘l harakati qoidalari tomonidan taqiqlangan.
Yo‘llarda keskin harakatlanmang va qayrilmang, asta qo‘zg‘alib sekin to‘xtang, asta-sekin tezlikni oshiring hamda pasaytiring. Yo‘l harakati, ob-havo va yo‘l belgilari talablari asosida harakatlaning. Yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya qiling va harakat vaqtida e'tiborli bo‘ling.
Yodingizda tuting, siz, sizning yo‘lovchilaringiz hamda boshqa harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘i va hayoti sizning yo‘llardagi harakat madaniyatingizga bog‘liq.
E'tiboringizni shunga qaratmoqchimizki, respublika maxsus komissiyasi belgilagan vaqtdan tashqari transport vositalarida harakatlanish karantin qoidalarini buzishga olib keladi”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024