Jamiyat | 14:41 / 02.05.2020
5926
1 daqiqa o‘qiladi

Avtomobil ehtiyot qismlari do‘koniga o‘g‘irlikka kirgan shaxs qo‘lga olindi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Joriy yilning 28 aprel kuni M.D. Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Do‘stlik ko‘chasida joylashgan N.I.ga tegishli avtomobil ehtiyot qismlari do‘koniga eshik qulfini buzib kirgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, do‘konda bo‘lgan jami narxi 10 000 000 so‘mlik avtomobil ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketgan.

Holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan N.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mavzuga oid