Jahon | 21:19 / 04.05.2020
6478
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko yozda Belarusda prezident saylovi bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi 

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, Belarusda prezident saylovi 2020 yil 30 avgustdan kechiktirilmasdan o‘tkazilishi lozim.

Foto: Reuters

Belarusda prezident saylovi yozda bo‘lib o‘tadi, oxirgi muddat – avgust, dedi mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko Moldova prezidenti Igor Dodon bilan videomuloqotda.

"Bizda saylovni boshqa muddatga ko‘chirishga asos yo‘q, konstitutsiya bo‘yicha saylovni ko‘chirishga imkon yo‘q. Shuning uchun saylovni o‘tkazamiz, muddatini yaqin vaqt ichida belgilaymiz. Bu yozda bo‘ladi. Oxirgi muddat – avgust oxiri", - dedi u.

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, Belarusda prezident saylovi 2020 yil 30 avgustdan kechiktirilmasdan o‘tkazilishi lozim. Saylov o‘tkazilishi haqida ovoz berish kunidan kamida uch oy avval e'lon qilinishi kerak.

Avvalroq Belarus markaziy saylov komissiyasi raisi Lidiya Yermoshina pandemiya sababli prezident saylovini kechiktirish uchun mamlakatda favqulodda holat rejimi asos bo‘lishi mumkinligini, ammo hozirgi vaziyatda bunga hojat yo‘qligini aytgandi.

Mavzuga oid