25 ming dollarga soxta simob sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Navoiy viloyati Navbahor tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar V.D. hamda K.B.ning oldindan jinoiy til biriktirib, yashirin xatti-harakatlar sodir etayotganligi Navoiy viloyati IIB JQB xodimlarining e'tiborini tortdi, deb yozmoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.
Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, qoidabuzarlar o‘zganing mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida 25 ming AQSh dollariga “simob” moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi RSEMning sud kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, tarkibida biror bir kuchli ta'sir qiluvchi va yadroviy moddalari mavjud bo‘lmagan moddani qalbaki “simob” moddasi sifatida sotganligi ma'lum bo‘lgan. Tadbir ishtirokchilari tomonidan xolislar ishtirokida daliliy ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, musodara etildi.
Mazkur holat yuzasidan V.D. hamda K.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024
Rossiyada og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi
15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi
21:45 / 01.08.2024