O‘zbekiston | 00:32 / 06.05.2020
85293
2 daqiqa o‘qiladi

«Korrupsiya, o‘g‘rilik, tenderlardagi «ura-ura»chilik» – Prezident qurilish sohasidagi muammolar bo‘yicha jiddiy tahlil o‘tkazishini aytdi

«Ura-ura»chilikka berilib, obektlarni qisqa muddatda ishga tushirish uchun palapartish qurilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga ham chora ko‘riladi.

Bugun, 5 may kuni o‘tkazilgan videoselektorda prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro va Sirdaryo voqealari korrupsiya, mas'uliyatsizlik va «ura-ura»chilik oqibatida yuzaga kelgani haqida gapirdi.

«Yil og‘ir keldi. Koronavirus hammamizni qanday yashashga o‘rgatdi. So‘nggi haftalarda Buxoro va Sirdaryodagi sinovli voqealar esa bizga bitta narsani o‘rgatishi kerak: har bir qiladigan ishimizda ogoh bo‘lib, berilgan topshiriqlarni yetti marta o‘lchab, bir marta kesishimiz lozim. Hamma yerda sifat, sifat va yana bir marta sifat bo‘lsin!

Buxoroning Qorako‘l tumanida 2020 yilda qurib bitkazilgan bog‘chalarning yarmi qolgan. Bu nima degan gap?! Mana, bizning qurilish sohasidagi sifatimiz. 

O‘zim bir emas, bir necha marta yuqoridan ko‘rdim. Qayerda sifat bo‘lgan bo‘lsa, natijasi ko‘rinib turibdi. Qayerda sifat bo‘lmagan bo‘lsa, korrupsiya, o‘g‘rilik, tenderlarni «ura-ura» qilgan tashkilotlar... bosh vazir o‘rinbosarlari, «bajaramiz», «yest» qilamiz, degan odamlar endi ishlolmaydi. Bu ishning yakuni boshqacha bo‘ladi. Juda katta tahlil qilaman, majburman tahlil qilishga. Ko‘p odamlar bilan xayrlashishga majbur bo‘laman...

Endi bunday ishlash bo‘lmaydi. Alloh taolo bu safar ham aytyapti: «Ey, bandam, ko‘zingni och! Xalqqa halol mehnat qilish kerak, deyapti. Halol!», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid