Prezident maslahatchisi boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘istonning suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududiga yuborildi
O‘zbekiston suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish uchun Qozog‘istonga 209 nafar shaxsiy tarkib, 169ta qishloq xo‘jaligi, muhandislik va yong‘in-qutqaruv texnikalaridan iborat qo‘shimcha kuch va vositalar jo‘natdi.
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori bilan bog‘liq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘istonning Turkiston viloyatida favqulodda vaziyatdan zarar ko‘rgan hududlarida bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi.
Bu yerda suv toshqini natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlari yana bir karra o‘rganilib, zarur tadbirlar belgilab olindi.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston tarafidan 209 nafar shaxsiy tarkib, 169ta qishloq xo‘jaligi, muhandislik va yong‘in-qutqaruv texnikalaridan iborat qo‘shimcha kuch va vositalar mazkur hududga yetib bordi.
Hozirda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024