Jamiyat | 10:49 / 07.05.2020
4937
1 daqiqa o‘qiladi

May oyi «Brakonerlikka qarshi kurash oyi» deb e'lon qilindi

Inspektorlar respublikaning barcha hududlari bo‘ylab noqonuniy ov va baliq ovlash bilan shug‘ullanadigan qonunbuzarlarga hamda o‘simlik dunyosidan noqonuniy foydalanadigan, daraxt va butalarni ruxsatsiz kesadigan huquqbuzarlarga qarshi kurash olib boradilar.

Foto: sb.by

Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida 2020 yilning may oyi «Brakonerlikka qarshi kurash oyi» deb e'lon qilindi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, juda ko‘plab muammolar brakonerlikning orqasidan kelib chiqmoqda, hattoki, koronavirus epidemiyasining kelib chiqishi yovvoyi hayvonlarni tartibsiz ovlash va ularni iste'mol qilish bilan bog‘liqligi taxmin qilinmoqda.

«Brakonerlikka qarshi kurash oyi» davomida qo‘mita tizimidagi inspektorlar respublikaning barcha hududlari bo‘ylab, noqonuniy ov va baliq ovlash bilan shug‘ullanadigan qonunbuzarlarga va o‘simlik dunyosidan noqonuniy foydalanadigan, daraxt va butalarning ruxsatsiz kesadigan huquqbuzarlarga qarshi keskin kurash olib boradilar.

Mavzuga oid