O‘zbekiston | 22:17 / 11.05.2020
78837
3 daqiqa o‘qiladi

«Bilayn»ning 91 xodimi karantinga olingan - Toshkent viloyatidagi vaziyat yuzasidan ma'lumot berildi

Toshkent viloyati hokimligi viloyatda koronavirus tarqalishiga qarshi olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Foto: Qurilish vazirligi

Unga ko‘ra, 11 may soat 20:00 holatiga

  • Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolardan 207 nafarida koronavirus tasdiqlangan bo‘lib, 128 nafar fuqaro sog‘ayib tibbiy reabilitatsiya markazlariga va yashash manzillariga yuborildi.

Karantinga olingan fuqarolar:

  • Yuqori Chirchiq karantin poligonida 6384 nafar, «Umid gulshani» oromgohida 44 nafar – jami 6428 nafar fuqaro statsionar karantinga olingan.
  • Zangiota tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasida 65 nafar, Quyi Chirchiq tumani tug‘ruq kompleksida 33 nafar, Parkent tumani tibbiyot birlashmasi (TTB)da 202 nafar, Yangiyo‘l TTBda 150 nafar, Zangiota TTBda 225 nafar, Quyi Chirchiq TTBda 441 nafar – jami 1116  nafar fuqaro karantinga olingan.
  • Viloyatda jami 7544 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinga olingan. Uy sharoitida 6520 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, bundan xonadonlar soni 1203 ta, oilalar soni esa 1297tani tashkil etadi.
  • Safarbar etilgan tibbiyot xodimlari soni (viloyat bo‘yicha): 203 nafar terapevt, 122 nafar reanimatolog, 82 nafar infeksionist, 132 nafar epidemiolog – jami 539 nafar shifokor, 4246ta o‘rta va kichik tibbiy xodimlarini tashkil etadi.

Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirilgan fuqarolar:

  • G‘isht ko‘prik chegara postidan o‘tgan 218 nafar fuqarodan 214 nafari (ulardan 3 nafari Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan)
  • «Bilayn» kompaniyasining 91 nafar ishchisi
  • Parkent tumanida uy karantinida bo‘lgan 45 nafar fuqaro
  • Seul-Toshkent charter reysida kelgan 127 nafar fuqaro
  • Tez tibbiy yordam avtomashinalarida yana 34 nafar fuqaro.

Yuqori Chirchiq karantin poligonida COVID-19 aniqlangan 4 kishi davolash muassasalariga o‘tkazildi.

Pskent tumanidan 10 nafar hamshira va 5 nafar kichik tibbiy xodim, Yuqori Chirchiq hamda O‘rta Chirchiq tumanidan nevropatolog, travmatolog, kardiolog, ginekolog, gastroenterologlar Yuqori Chirchiq karantin poligoniga yuborildi.

Bundan tashqari:

  • Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi 1 bemorda COVID-19 aniqlani sababli Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazildi.
  • Quyi Chirchiq TTBdan 1 nafar fuqaro Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborildi.
  • Yangiyo‘l shahar dehqon bozorida faoliyat yuritayotgan 220 nafar fuqarodan COVID-19ga analiz olindi.

Mavzuga oid