O‘zbekiston | 11:47 / 11.05.2020
6342
2 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar kiritilmoqda

Himoyachidan voz kechish jarayoni majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etilishi nazarda tutilmoqda.

Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun bilan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti, shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va boshqa jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish shartligi belgilanmoqda.

Himoyachidan voz kechish jarayoni majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etilishi nazarda tutilmoqda.

Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Shu bilan birga, himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishining videoyozuv orqali qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.

Qonunning qabul qilinishi jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarining huquq va erkinliklarining himoya qilishini mustahkamlaydi.

Mavzuga oid