O‘zbekiston | 12:07 / 13.05.2020
31423
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Yashin Dushanov Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Yashin Dushanov 1979 yil Navbahor tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

U bu lavozimda 2017 yildan buyon ishlab kelgan Faxriddin Bahromovich Soliyev o‘rnini egalladi.

Ya.Dushanov bugunga qadar bir qator davlat organlarida, jumladan, Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligida mas'ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.  

Shuningdek 2013-2016 yillarda Davlat raqobat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, 2016 yildan buyon esa Navoiy viloyat hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid