Jamiyat | 10:05 / 14.05.2020
9497
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda «Kamaz» urib ketgan velosipedchi voqea joyida vafot etdi

Joriy yilning 13 may kuni soat 08:10 larda, Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Barlos MFY, Bozorxidirsha ko‘chasi hududidan o‘tgan 4R137 “Xo‘jaobod-Buloqboshi” avtomobil yo‘lining 11-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1986 y.t. M.Sh. “Kamaz 5511” rusumli yuk transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘l qatnov qismining belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan velosiped haydovchisini urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, velosiped haydovchisi, 1990 y.t. R.X. (erkak) olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida YTH joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Buloqboshi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovchilar, piyoda va velosipedchilarga e'tiborli bo‘lishingizni, piyoda va velosipedchilar belgilanmagan joylardan harakatlanmasligingizni va barcha harakat ishtirokchilari yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid