Toshkentdagi mahallalardan birida koronavirusga chalinganlar soni keskin oshdi. Hudud to‘liq yopildi
Toshkentdagi «Ulug‘bek» mahallasida koronavirusga chalinganlar soni ortgani sababli karantin choralari kuchaytirildi.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Ulug‘bek» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida koronavirus bilan kasallanganlar hamda ular bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar soni keskin oshib borayotganligi sababli mazkur mahalla hududida karantin choralari kuchaytirildi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi ma'lum qildi.
Mazkur mahalla hududidagi barcha kirish va chiqish yo‘llarida blokpostlar tashkil etilgan holda to‘liq yopilgan. Ushbu hududda tun-u kun navbatchilik tashkil etilib, qat'iy nazorat o‘rnatilgan.
Mahalla fuqarolariga faqatgina zarur hollarda bir oiladan bir kishiga dori vositalari, zarur oziq-ovqat mahsulotlari xaridi uchun ko‘chaga chiqishiga ruxsat beriladi.
Hokimlikning ma'lum qilishicha, mahalla hududida aholi talabidan kelib chiqqan holda arzonlashtirilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etiladi.
«Hurmatli fuqarolar! Ushbu karantin qoidalariga rioya etishingizni so‘rab qolamiz va bu orqali o‘zingiz va oila a'zolaringizni salomatligini asragan bo‘lasiz!», deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 8 maydan O‘zbekistonda viloyatlar koronavirus xavfi darajasiga qarab «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratilgan. 11 maydan esa koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda mamlakat hududlari tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratiladigan bo‘ldi.
Toshkent shahridagi barcha tumanlar «sariq» hudud sifatida belgilangan.
Mavzuga oid
17:12 / 07.12.2024
Toshkentda yana “snos” masalasi: odamlar va’da qilingan uylarni ololmayapti
16:56 / 25.09.2024
Bahodir G‘oyibnazarov hokimlikka qaytdi
17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda
13:10 / 18.07.2024