O‘zbekiston | 00:30 / 17.05.2020
60875
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Sardoba fojiasi suratlarda

Foto: KUN.UZ

So‘nggi kunlarning eng muhim va og‘riqli mavzusi Sardoba suv ombori toshqini bo‘ldi. Kun.uz ijodiy jamoasi voqea joyiga qilingan navbatdagi safarda o‘ziga xos foto jamlanma tayyorladi.

Ko‘pchilik uchun boylik ramzi bo‘lgan avtomobillarning suvda cho‘kib yotishi falokat naqadar jiddiy bo‘lganini anglatadi

O‘zbekning hech qachon buzilmagan beshiklari ofat natijasida sinib ketgan

Afsuski tasvirlar u yerdagi o‘ziga xos hidni ifoda eta olmaydi

Aksariyat uylar shunchaki erib ketgan

Eng og‘ir yuk har qanaqasiga mahalliy aholiga tushadi. Ko‘zlardagi hadik, mavhumlik dardi...

15 may kuni Sirdaryoga qilgan safari chog‘ida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev qurilishlar masalasiga alohida to‘xtalgandi. «Ta'mirlanadigan uylar ham, yangi quriladiganlari ham davlat tomonidan bepul qurib-ta'mirlab beriladi. Odamlar yangi ko‘p qavatli uylarga va o‘zlarining ta'mirlangan hovli-joylariga 1 sentyabrgacha to‘liq ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qoladi», degan prezident.

Qolaversa, suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar topshirilmoqda.

Mavzuga oid