Surxondaryo koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga yaqin. Viloyatda birgina bemor qoldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlardan yana ikki nafari tuzalgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Ayni soatlarda Surxondaryo viloyatida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Shifo topganlarning ikkalasi ham Surxondaryo viloyatidan (1 nafari 60 yoshli erkak, yana 1 nafari 45 yoshli ayol) bo‘lib, karantin muassasasida bo‘lishgan, koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan», deyiladi xabarda.
Viloyatda jami 44 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, shu paytga qadar 42 nafar bemor sog‘aydi, bir kishi vafot etdi. Endi ushbu hududda 1 nafar bemor davolanmoqda.
Bungacha Buxoro, Andijon va Toshkentda jami 32 kishi koronavirusdan tuzalgani haqida xabar berilgandi.
Shu tariqa, bugun jami 34 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2247 nafarni tashkil etmoqda.
Bugun hozircha 8 kishida koronavirus aniqlandi va 17 may kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 2746 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 487 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
14:52 / 03.10.2024
Surxondaryoda tadbirkor o‘zi tahsil olgan maktab uchun 630 o‘rinli yangi bino qurib berdi
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024