Buxorodagi YTHda ikki nafar fuqaro halok bo‘ldi, 5 kishi og‘ir jarohat oldi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 19 may kuni soat 13:30da 31 yoshli M.J., boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida Buxoro viloyati Qorako‘l tumani hududidan o‘tuvchi 4R-76 yo‘lining 8-kilometriga yetganida, amaldagi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 39 yoshli N.T.ning boshqaruvida bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Oqibatda, “Nexia” avtomashinasining yo‘lovchisi, 19 yoshli Z.N. hodisa joyida, haydovchi M.J. esa tibbiyot birlashmasida vafot etgan. Bundan tashqari, har ikki avtomashinadagi 6 nafar yo‘lovchidan 5 nafari “og‘ir” tan jarohati, bir nafari esa “yengil” tan jarohati olgan, ularning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024