Hindistonda dovul qurbonlari soni 70dan oshdi
Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida «Amfan» dovuli oqibatida halok bo‘lganlar soni ortib, 72 kishiga yetdi.
Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, siklon avval ko‘rilmagan ko‘lamdagi talofatlar keltirgan.
Avvalroq siklondan G‘arbiy Bengaliyada 12 kishi, Odisha shtatida 2 kishi va qo‘shni Bangladeshda 7 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan.
Mahalliy hokimiyatning ta'kidlashicha, “Amfan” G‘arbiy Bengaliyaga keltirgan ziyon koronavirus pandemiyasidan ko‘ra kuchliroq bo‘lgan.
Hindiston va Bangladesh 1999 yildan beri eng vayronkor dovul bo‘lishi aytilayotgan “Amfan” zarbasiga uchradi. Dovul koronavirus pandemiyasi avj olgan vaqtda yopirilgani sabab Osiyoning aholi zich bo‘lgan qismlaridan birida virusga chalinishning yangi o‘choqlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024