Apple kompaniyasi iPhone uchun operatsion tizimning pandemiya hisobga olingan versiyasini chiqardi
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari uchun mo‘ljallangan iOS operatsion tizimining pandemiya sharoitida yuz bergan o‘zgarishlar hisobga olingan yangi versiyasini chiqardi.
Jumladan, iOS 13.5 versiyasi niqob taqqan odamga telefonni tez blokdan chiqarishga imkon beradi. Shuningdek, unda Google bilan birgalikda yaratilgan, koronavirusga chalinganlar bilan aloqalar haqidagi ogohlantirishlar tizimi Expose Notification joriy qilingan.
iOSning yangi versiyasi foydalanuvchilar niqobda bo‘lganda o‘z qurilmalarini ochishga urinishda duch kelgan muammoni hal qilgan. Operatsion tizimning avvalgi versiyalarida yuzni tanish tizimi niqob taqqan odamni ko‘rgach, parolni kiritish ekraniga o‘tishdan avval bir necha marta xato chiqargan. Yangi versiyada esa u niqobdagi odamni bir zumda tanib, parol kiritish ekranini darhol chiqaradi.
Mavzuga oid
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:44 / 17.09.2024
Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimini chiqardi
21:01 / 16.09.2024
iPhone 16 dastlabki savdolari Apple kutganidan past bo‘ldi
21:52 / 13.09.2024