O‘zbekiston | 19:50 / 29.05.2020
5929
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun jami 34 bemor tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘istonda 5 nafar bemor tuzalib, respublika bo‘yicha kasallikdan sog‘ayganlar soni 2728 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 43,  yoshi kichigi esa  35 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatidan 2 nafardan, Samarqand viloyatidan 1 nafar.

Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 133ta holatda kasallik qayd etilgan bo‘lsa, ularning 122 nafari sog‘aygan edi. Endilikda koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 127 nafarga yetdi. Hozirda shifokorlar ushbu hududda davolanayotgan 6 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqda.

Bundan avvalroq Toshkent shahridagi shifoxonalarda 22, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 nafar bemor sog‘aygani haqida xabar berilgandi.

Shu tariqa, bugun 34 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2728 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzuga oid