Jamiyat | 08:07 / 29.05.2020
5298
2 daqiqa o‘qiladi

FVV respublikaga xavfli kasallik kirib kelishining oldini olish bo‘yicha o‘quv mashqi o‘tkazdi

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Xiva shahri va Xiva tumanida kuydirgi va Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalliklarini kirib kelishini oldini olish mavzusida o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

Foto: FVV matbuot xizmati

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan O‘zbekistonga xavfli kasalliklar kirib kelishining oldini olish bo‘yicha o‘quv mashqi o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Xiva shahri va Xiva tumanida kuydirgi va Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalliklarini kirib kelishini oldini olish mavzusida o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

Bildirilishicha, ushbu maxsus jarayon davomida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xizmatlarining tayyorgarligi yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Aytish joizki, kuydirgi va Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining asosiy manbalari chorva mollari hisoblanadi. Shu bois chorva mollarini o‘z vaqtida veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish, yuqumli kasalliklarga qarshi emlash yo‘lga qo‘yilgan. Mol so‘yiladigan zamonaviy kushxonalar, maydonchalar barpo etilib, ular zarur vositalar bilan jihozlangan.   

Bunday kasalliklar odamlarga yuqqanda, yashirin davri bir necha kungacha davom etadi. Kuydirgida badanda yara paydo bo‘ladi. Qrim-Kongo gemorragik isitmasida harorat ko‘tarilib, badanga toshmalar toshadi, zaharlanish alomatlari namoyon bo‘ladi, qon ketadi. Bunday holatlarda zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qilish zarur. Uyda o‘zi bilganicha davolanish og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. 

Mavzuga oid