AQSh Ar-Riyodga 7,5 ming dona boshqariluvchi aviabomba sotmoqchi - OAV
Saudiya Arabistoni 500 mln dollarlik Paveway IV yuqori aniqlikdagi aviabombalarini sotib olishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Saudiya Arabistoniga 500 mln dollarlik 7,5 ming dona yuqori aniqlikda boshqariluvchi aviabomba sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, aviabomba yetkazib berish va sotish to‘g‘risidagi xabarnoma senatning xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi hamda vakillar palatasining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasiga yanvarda jo‘natilgan.
Ta'kidlanishicha, bu taklif ma'qullanadigan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni 7500 dona Paveway IV yuqori aniqlikdagi aviabombalarini sotib oladi.
2019 yilda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Eronga qarshilik ko‘rsatish uchun Iordaniya, Saudiya Arabistoni va BAAga 8,1 mlrd dollarlik qurol sotish bo‘yicha yakuniga yetmagan 22ta shartnomani ma'qullashni aytgandi.
Mavzuga oid
09:25
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarboyjonga boradi
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024