Payariqda koronavirus yuqtirganlarning aksari shifokorlar ekani ma'lum bo‘ldi
Samarqand viloyatining «qizil» hududlari qatoriga kiritilgan Payariq tumanida koronavirus yuqtirganlar haqida ma'lumot berildi. Tuman hokimligining telegram-kanalida Covid-19 yuqtirgan fuqarolar haqida ma'lumot paydo bo‘ldi.
Xabarda aytilishicha, tumanda 28 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 11 nafari tibbiyot xodimlari. Shuningdek, payariqliklar orasida 4 nafardan uy bekasi va nafaqaxo‘r, 3 nafar mavsumiy ishchi, 2 nafar maktab o‘quvchisi, 1 nafardan tadbirkor, haydovchi, IIB xodimi va tuman gaz ta'minoti idorasi xodimi koronavirus yuqtirib olgan.
«Yuqoridagi holatdan kelib chiqib barcha fuqarolarimizni qonunlarga itoatkorlikni oshirishga, bir yoqadan bosh chiqarib, bu baloning oqibatini rivojlangan davlatlardagi holatlardan anglab, xulosa qilishga chaqiramiz», deyilgan Payariq tuman hokimligi bayonotida.
Ma'lumot uchun, Payariq tumani Samarqand shahri, Toyloq, Urgut, Past Darg‘om, Oqdaryo, Ishtixon va Samarqand tumanlari bilan bir qatorda viloyatning «qizil» hududlaridan bo‘lib turibdi.
Avvalroq Payariq tuman hokimi Dilshod Musinov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda karantinda bo‘lgani va u yerdagi taassurotlari haqida gapirib bergandi.
Mavzuga oid
19:20 / 16.01.2024
Payariqda advokat qaynukasini pichoqladi. Jabrlanuvchi tomon u qamoqqa olinishi kerak deb hisoblamoqda
13:24 / 06.01.2024
Samarqandda klaster faoliyatidan norozi bo‘lib Agrobank binosida namoyish o‘tkazgan fermer jazolandi
15:58 / 16.08.2023
Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi
08:28 / 19.03.2023