Konservatoriyaga 5000 dollarga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi ushlandi
DXX xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departament vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi katta o‘qituvchisi A.A. o‘zganing ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan undan 5000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, A.A. ushbu pul evaziga muqaddam mazkur litseyda o‘qigan fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida esa Andijon shahrida yashovchi B.M. Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam ta'lim sohasida ishlagan fuqarodan 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, u Andijon davlat universitetida ishlovchi tanishi orqali Xo‘jaobod tumanida pedagog xodimlar uchun imtiyozli kredit asosida berilishi mo‘ljallangan 2 sotixlik namunaviy uylardan olishga ko‘maklashishni va'da qilib, jabrlanuvchidan 3000 AQSh dollari talab qilgan va kelishilgan summaning yarmini avvaldan olmoqchi bo‘lgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168- va 28,211-moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu ishlarga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
16:46 / 09.11.2024
Uchta viloyat va Toshkent shahrida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
14:41 / 06.11.2024