Davlat boshqaruvi tizimini xalqaro standartlarga muvofiq modernizatsiya qilish ma'muriy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri
Joriy yilning 2 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Bu prinsipial muhim hujjat va eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan mutlaqo yangi va samarali ishlaydigan davlat boshqaruvi tizimini yaratish yo‘lidagi yana bir qadamdir.
Ushbu Farmon 2017-2021 yillarda Taraqqiyot strategiyasi doirasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish sifatida ko‘rilishi, shuningdek, jamiyat va xalqaro hamjamiyatga O‘zbekistonning umume'tirof etilgan xalqaro standartlar va normalarga muvofiq jamiyat hamda davlat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilish bo‘yicha tanlangan yo‘lga qat'iy sodiq ekanligi to‘g‘risida aniq signaldir.
Ta'kidlash joizki, ushbu yo‘nalishdagi ishlar o‘z natijalarini bermoqda. So‘nggi 4 yil ichida O‘zbekiston «Iqtisodiy erkinlik indeksi»da 52 pog‘onaga, «Logistika samaradorligi indeksi»da 19 pog‘onaga, Doing Business indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «Xatarlarni tasniflash» reytingida esa 6-guruhdan 5-o‘ringa o‘tkazildi.
Mamlakatimizning reyting agentliklari va dunyo indekslarini tuzuvchilar bilan o‘zaro aloqalarni davom ettirishga tayyorligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlikka ochiqligini, mamlakat rahbariyatining islohotlar jarayonining shaffofligi va oshkoraligini, demokratik islohotlar siyosatining ochiqligini ta'minlash bo‘yicha qat'iy irodasini tasdiqlaydi.
Bu, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga yuqori talablarni belgilash, ularning faoliyatini umume'tirof etilgan xalqaro standartlarga asoslanib baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishdan iborat bo‘lib, buning yakuniy maqsadi faqat xalq manfaatlarini ko‘zlab samarali, adolatli va demokratik davlat hamda jamiyat boshqaruvini ta'minlashdir.
Aminmanki, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shubhasiz, ichki va tashqi siyosatdagi ustuvor maqsadlarga erishishga, xususan, mamlakatning jahondagi aloqalarga samarali integratsiyalashuviga yordam beradi, O‘zbekistonning xalqaro munosabatlarning mas'ul sub'yekti sifatida obro‘sini oshiradi, mamlakatimizning xalqaro obro‘siga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, shunga muvofiq ravishda respublikaning ham investitsiyaviy, ham turistik jozibadorligini oshiradi.
Ushbu Farmonning bajarilishi mamlakatdagi dinamik ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayonlariga muhim turtki beradi, davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatida samarali boshqaruvning yuqori standartlarini joriy etish, davlat organlari ishida qonun ustuvorligini mustahkamlash va ularning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirishga imkon beradi.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari A.Ne'matov
Mavzuga oid
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
18:02 / 16.09.2024
O‘zbekistonda ilk bor rahbarlikka tayyorlaydigan qo‘shma ta’lim dasturi ish boshladi
15:14 / 25.07.2024
Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi
11:12 / 25.05.2024