Neft narxi mart boshidan beri ilk bor 40 dollardan oshdi
Brent nefti narxlar qulashni boshlagan 6 mart kunidan beri ilk bor 40 dollardan oshdi. Bundan savdo ma'lumotlari darak bermoqda.
Oxirgi savdolarga ko‘ra, Brent narxi 1,44 foizga ko‘tarilib, 40,2 dollarga yetgan. WTI nefti narxi esa 2,47 foizga qimmatlashib, bir barreli uchun 37,7 dollarni tashkil qilgan.
Mart boshida neft narxi keskin qulagan edi. Bunga OPeK+ kelishuvi barbod bo‘lgani va pandemiya ortida “qora oltin”ga talabning qisqargani sabab bo‘lgan.
12 aprelda OPeK+ davlatlari neft qazib olish hajmini joriy yilning may-iyun oylarida 9,7 mln barrelga, ikkinchi yarimyillikda 7,7 mln barrelga va shundan keyin 2022 yil aprel oyi oxirigacha 5,8 mln barrelga qisqartirishga kelishib olgan.
Mavzuga oid
23:45 / 26.09.2024
Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarishni oshirib, Rossiya budjetiga zarba berishga tayyorlanmoqda
16:31 / 09.06.2023
Reuters: Ar-Riyodning neft qazib olishni qisqartirish qarori OPEK+ davlatlari uchun syurpriz bo‘ldi
16:56 / 27.05.2023
Dronlar Rossiyadagi neft quvurlariga hujum qilishda davom etmoqda
23:26 / 15.05.2023