Prezident viloyatlardagi ilg‘or tumanlarni namuna sifatida ko‘rsatdi. MTRKga islohotlarni yoritishda xolislikni ta'minlash vazifasi qo‘yildi
Kambag‘allikni qisqartirish masalasi bo‘yicha videoselektorda prezident joylardagi islohotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritishda o‘zini maqtamaslikni so‘radi.
Yig‘ilishda davlat rahbari ayrim viloyat va tuman hokimlari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, Pop va Romitan tumanlari hokimlarining taklif va tashabbusini ijobiy baholadi. Prezident Buxoroga tashrifi doirasida Romitan tumani tajribasi, u yerda amalga oshiriladigan loyihalarni televideniye orqali ko‘rsatishni taklif qildi.
Prezident Pop va Romitan tumanlari hokimlari faoliyatiga yuqori baho bergan.
«Bular bizning harakatlarimiz mahsuli, islohotlar natijasi. Biri og‘ir tumanning iqtisodini ko‘tardi, ikkinchisi yangicha takliflari bilan oldimga masala qo‘ya olyapti. Men shunaqa rahbarlarni yaxshi ko‘raman», degan prezident.
Prezident Andijon viloyatidan Izboskan, Qoraqalpog‘istondan Beruniy, Jizzaxdan Sharof Rashidov, Qashqadaryodan Qamashi, Samarqanddan Narpay, Surxondaryodan Termiz, Xorazmdan Bog‘ot tumanlaridagi holatni islohot natijasi deb baholagan va televideniyega ushbu tumanlar bo‘yicha ijobiy ko‘rsatuvlar tayyorlash topshirig‘ini bergan. Ushbu tumanlarda asosan ish o‘rni yaratishda loyiha va taklif borligi ta'kidlangan.
Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga yuqori baho bergan.
«Dekabrda sening tajribangni eshitamiz. Oliy Majlisda hisobot berasan. Viloyatda yaxshi ishlayotgan IIB boshliqlari va prokurorlarning yulduzchasini ko‘paytiraman, yil yakuni bo‘yicha juda katta moddiy mukofot beraman, ularning ham oilasi bor, ishlagani uchun rag‘bat bo‘ladi. Ishlamaganlar ketadi, yosh-yosh yigitlarni olib kelaman. Menga tajriba emas, sadoqat va fidoyilik kerak», degan davlat rahbari.
Yig‘ilishda MTRK faoliyati tanqid ostiga olingan.
«Menga maqtash kerak emas. Prezident falon qildi, deb. Islohot natijasida odamlarning dunyoqarashi o‘zgaryapti, manfaatdorlik ruhi paydo bo‘lyapti. Yer meniki, degan tasavvur paydo bo‘lyapti. Islohot amalda, degan narsani ko‘rsatinglar. Faqat maqtash emas. Oldin qanday edi, hozir qanday, odamlar qanday...
Sizlarga bir gapni aytishga qo‘rqaman, darrov prezidentni maqtay boshlaysiz. Men hammaga aytdim, prezident qilmayapti buni, islohot qilyapti. Qonun qilyapti, odamlar qabul qilyapti», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident MTRK rahbari A.Xodjayevga bu kabi xabarlarni yoritishda bilimli va xolis jurnalistlarni jalb qilish yuzasidan topshiriq bergan.
Mavzuga oid
18:06 / 05.06.2024
Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligi rahbarligidan ketdi
22:50 / 28.03.2024
MTRK sobiq rahbari Alisher Xo‘jayev Kinematografiya agentligida ish boshlaydi
09:00 / 11.02.2024
O‘zbekiston televideniyesi qanday bo‘lishi kerak?
18:33 / 05.02.2024