Navoiyda 21 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Mamlakatda jami sog‘ayganlar soni 3444 nafarga yetdi
Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3444 nafarga yetdi.
Navoiy viloyatida 21 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qilmoqda.
Tuzalganlarning 13 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 49 yoshda, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. Ularning barchasi ushbu viloyatdan (20 nafari Zarafshon shahridan, 1 nafari Xatirchi tumanidan).
Navoiy viloyatida sog‘ayganlar 114 nafar bo‘lsa, endilikda ular 135 nafarga yetib, davolanayotganlar 94 nafarni tashkil etmoqda.
Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 87 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3444 nafarga yetdi.
Mavzuga oid
09:52 / 11.09.2024
Ayol kishining suratlarini internetga qo‘yib intim xizmatlar taklif qilgan shaxs ushlandi
15:13 / 09.09.2024
Navoiyda ikki o‘quvchining umriga zomin bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi
16:47 / 07.08.2024
Navoiyda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota choyxonadan topildi
15:47 / 23.07.2024