Hokimlarning ayrim vakolatlarini cheklash taklif etilmoqda
Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishiga taqiq belgilash, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tugatish bo‘yicha ularning vakolatlarini cheklash taklif etilmoqda.
Qonunchilik palatasiga “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
Parlament saytida xabar qilinishicha, Oliy sud tomonidan qonunchilik huquqi tashabbusi asosida taqdim etilgan ushbu qonun loyihasi mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Qonun loyihasida yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishiga taqiq belgilash, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tugatish bo‘yicha ularning vakolatlarini cheklash taklif etilmoqda.
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish nazarda tutilmoqda.
Qayd etilishicha, hech kim sud qarorisiz mulk huquqidan mahrum qilishga yoki uni cheklab qo‘yishga haqli emasligi qonunda mustahkamlab qo‘yilyapti.
Xususiylashtirilgan xususiy mulk bo‘lgan yer uchastkasini olib qo‘yish, basharti u natsionalizatsiya qilinadigan bo‘lsa, faqat davlat va jamoat ehtiyojlari uchun hamda yer uchastkasi mulkdorining roziligi olinganida, xususiylashtirilgan yer uchastkasining shartnoma qiymati va boshqa zararlarning o‘rnini davlat tomonidan oldindan qoplash sharti bilangina, basharti u rekvizitsiya qilinadigan bo‘lsa, xususiylashtirilgan yer uchastkasining mulkdoriga yetkazilgan zararlar va boshqalarning o‘rnini qoplash sharti bilan amalga oshirilishini nazarda tutish taklif etilmoqda.
Ayni paytda qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun mas'ul qo‘mita tomonidan tayyorlanmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:01 / 13.10.2024
“Ko‘p narsa hokimlarning saviyasiga bog‘liq” - vatanga qaytgan investor qanday to‘siqlarga uchradi?
19:17 / 30.09.2024
Bunaqada sohada kim qoladi? Yangibozor hokimi misolida dehqonlarga munosabat
16:56 / 25.09.2024
Bahodir G‘oyibnazarov hokimlikka qaytdi
18:30 / 20.09.2024