O‘zbekiston | 02:08 / 11.06.2020
25361
1 daqiqa o‘qiladi

«Maxsus komissiya qarori kerak» - AQShga charter reys qo‘yilmayotgani bo‘yicha vazirlik izohi

Hozirda charter reyslar amalga oshirilmoqda, lekin nimagadir AQShga charter reys qo‘yilmagan. AQShdan O‘zbekistonga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolar ko‘p. Iltimos, AQShga charter reys qo‘yilishi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tsangiz.

AOKA shtabiga kelib tushgan ushbu savolga 10 iyun kungi brifingda Transport vazirining matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov javob berdi.

«Charter reyslar faqatgina Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan yo‘lga qo‘yiladi.

Qachon charter qo‘yish masalasi O‘zbekistondagi statsionar karantin o‘rinlarining soni va boshqa omillarni ko‘rib chiqqan holatda belgilanadi», – deya vazirlik rasmiysining javobi keltirildi «Rasmiy xabarlar» kanalida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 22 iyungacha rejalashtirilgan charter reyslar bo‘yicha ma'lumot berilgan edi.

Mavzuga oid