Sport | 22:53 / 11.06.2020
9969
2 daqiqa o‘qiladi

XXI asrning eng yaxshi sportchilari e'lon qilindi: Messi va Ronaldu o‘nlikda

Ispaniyaning «Marca» nashri XXI asrning eng yaxshi sportchilaridan iborat reytingni e'lon qildi.

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, suzish bo‘yicha 23 karra Olimpiada chempioni Maykl Felps 1-o‘rinda qayd etilgan. Avstraliyalik suzuvchidan keyingi 2-pog‘onadan yengil atletika bo‘yicha ko‘p karra jahon va Olimpiada chempioni yamaykalik sprinter Useyn Bolt joy olgan. Uchinchi o‘rinni esa tennis bo‘yicha katta shlem tasnifidagi turnirlarning 20 karra g‘olibi shveysariyalik Rojyer Federer egalladi. 

Reytingning o‘nligida «Barselona»ning argentinalik forvardi Lionel Messi 7-o‘rinda ko‘rsatilgan bo‘lsa «Yuventus»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu 10-pog‘onadan o‘rin olgan.

XXI asrning eng yaxshi sportchilari o‘nligi («Marca» nashri talqini): 

1. Maykl Felps (suzish)
2. Useyn Bolt (yugurish)
3. Rodjyer Federer (tennis)
4. Rafael Nadal (tennis)
5. Kobi Brayant (basketbol)
6. Tayger Vuds (golf)
7. Lionel Messi (futbol)
8. Lyuis Xemilton (avtopoyga)
9. Valentino Rossi (motopoyga)
10. Krishtianu Ronaldu (futbol).

Mavzuga oid