Jahon | 01:57 / 11.06.2020
11535
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi xorijliklar uchun chegaralarni 1 iyuldan boshlab ochishi mumkin - OAV

Foto: Flickr

Yevroittifoq chegaralari xorijiy davlat fuqarolari uchun 1 iyuldan boshlab ochilishi mumkin. Yevropa komissiyasi mamlakatlarga bosqichma-bosqich cheklovlarni qisman bekor qilish rejasini taqdim etadi, deb yozmoqda Forbes.

Yevropa ittifoqi chegaralarining 1 iyuldan boshlab «bosqichma-bosqich va qisman» ochish bo‘yicha tavsiyalar e'lon qiladi. Bu haqda YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Barrel aytib o‘tgan. Uning so‘zlarini Fransiyaning BFM TV telekanali keltirgan.

Ma'lum qilinishicha, chegaralar hamma davlatlar uchun birdan ochilmaydi, ayrimlari uchun ruxsat beriladi va ro‘yxat kengaytirib boriladi.

Xorijliklarni kiritish bir necha mezon va prinsiplarga bog‘liq bo‘ladi, lekin Yevroittifoqqa a'zo davlatlar o‘rtasidagi «yagona yondashuv» shart qilib olinadi, degan Borrel.

U aynan qanday mezonlar nazarda tutilayotganiga aniqlik kiritmagan.

BFM TV’ning qayd etishicha, Yevroittifoq rahbariyati faqat tavsiyalar jo‘natishi mumkin, yakuniy qarorni har bir davlat o‘zi alohida qabul qiladi.

Mavzuga oid