Tramp Xalqaro jinoiy sud xodimlariga nisbatan sanksiya joriy etilishiga ruxsat berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiy xizmatchilarning Afg‘onistondagi ehtimolli jinoyatlarini surishtira boshlagan Xalqaro jinoiy sud (XJS) xodimlariga nisbatan sanksiya joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Farmon AQSh Moliya vazirligiga XJS xodimlarining moliyaviy aktivlarini bloklash, Davlat departamentiga esa — ularni mamlakatga kiritmaslik imkonini beradi.
Oq uy saytidagi bayonotda XJS AQSh va uning ittifoqchilari, jumladan Isroilga nisbatan «siyosiy surishtiruvlar o‘tkazayotgani» qayd etilgan va Vashington XJSning oliy rahbariyatida darajasida korrupsiya mavjud bo‘lishi, shu sababli uning surishtiruvlari noxolis bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.
AQSh Xalqaro jinoiy sud tuzilishiga asos bo‘lgan Rim statutini ratifikatsiya qilmagan va XJSning AQSh fuqarolari ustidan yurisdiksiyasini tan olmaydi.
Afg‘onistondagi amerikaliklar, toliblar va mahalliy harbiylarning xatti-harakatlari ustidan dastlabki xalqaro surishtiruv 2006 yildayoq boshlangan edi. 2017 yilda ayblov tomoni mojaro jarayonida harbiy jinoyatlar sodir etilganini ta'kidlash uchun asoslar borligi haqida bayonot bergan. 2020 yilning martida XJS Apellyatsion palatasi to‘laqonli surishtiruv o‘tkazishga ruxsat bergan.
Mavzuga oid
22:45 / 02.11.2024
Qo‘shtepa kanali bo‘yicha afg‘on-o‘zbek muzokaralarning uchinchi bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi
10:00 / 02.11.2024
Prezident maxsus vakili Niderlandiya elchisi va AQSh eksperti bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
17:01 / 29.10.2024
Afg‘onistonda ayol olti egizakni dunyoga keltirdi
07:30 / 28.10.2024