O‘zbekiston | 19:04 / 15.06.2020
17948
2 daqiqa o‘qiladi

Abituriyent sirtqi va kechki ta'lim shaklida ham 5ta yo‘nalishni tanlashi mumkin

Abituriyent kunduzgi ta'lim yo‘nalishini tanlaydigan bo‘lsa, shu turdagi 5ta yo‘nalishni tanlaydi. Sirtqi ta'lim shaklini tanlasa ham, shu turdagi 5ta yo‘nalishni tanlashi mumkin.

Bugun, 15 iyun kuni AOKAda o‘tkazilgan qabul masalalariga bag‘ishlangan brifingda Vazirlar Mahkamasi apparatining bosh mutaxassisi, Davlat komissiyasining mas'ul kotibi Shohrux Daliyev abituriyentning kirish imtihonlarida qay tartibda 5ta yo‘nalishni tanlashi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

«Davlat rahbari qarorida abituriyent 5ta yo‘nalishni tanlashi mumkinligi belgilangan. Abituriyent kunduzgi ta'lim, sirtqi va kechki ta'lim shakliga hujjat topshirishi mumkin. Abituriyent DTM sayti yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirayotganda qaysi yo‘nalishni tanlayotganini aniq ko‘rsatishi kerak», dedi Shohrux Daliyev.

Uning qayd etishicha, abituriyent kunduzgi ta'lim yo‘nalishini tanlaydigan bo‘lsa, shu turdagi 5ta yo‘nalishni tanlaydi. Xuddi shuningdek, sirtqi ta'lim shaklini tanlasa ham, shu turdagi 5ta yo‘nalishni tanlashi mumkin.

«Abituriyent nechta yo‘nalishni tanlamoqchi bo‘lsa, bu – uning xohishi. U xohlasa, 5ta yo‘nalishni, xohlasa, 3 yoki 4ta yo‘nalishni tanlashi mumkin», dedi Shohrux Daliyev.

Mavzuga oid