O‘zbekiston | 13:31 / 18.06.2020
13382
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatida yangi kasallanish holatlari qaysi hududlarda qayd etilgani ma'lum bo‘ldi

Bemorlarning uch nafari Zarafshon shahridan hamda yana uch nafari Navoiy shahridan ekanligi ma'lum bo‘ldi. 

Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining ma'lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar umumiy ro‘yxatda 265 nafar ekanligi qayd etildi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yangi kasallanish holatlarining oltitasi Navoiy viloyatidan ekanligi bo‘yicha ma'lumot berildi. 

Bildirilishicha, ushbu bemorlarning uch nafari Zarafshon shahridan hamda yana uch nafari Navoiy shahridan ekanligi ma'lum bo‘ldi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan.

Mavzuga oid