Iqtisodiyot | 17:40 / 22.06.2020
5267
2 daqiqa o‘qiladi

Deutsche Bank investorlarning dollarga nisbatan talabi pasayishini taxmin qilmoqda

Ekspertning fikricha, ikkinchi to‘lqin AQSh dollarining boshqa mamlakatlar valutalariga nisbatan jiddiy pasayishiga olib kelishi mumkin.

Foto: EPA-EFE/FACUNDO ARRIZABALAGA

COVID-19 pandemiyasining ikkinchi to‘lqini yuz beradigan bo‘lsa, investorlarning zaxira valuta sifatida AQSh dollariga bo‘lgan talabi sezilarli darajada pasayib ketishi mumkin. Bu haqda Deutsche Bank eksperti Samir Goel CNBC telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda valuta bozorlari koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berishi ehtimoli  sababli qarama-qarshiliklarga duch kelmoqda. Ekspertning fikricha, ikkinchi to‘lqin AQSh dollarining boshqa mamlakatlar valutalariga nisbatan jiddiy pasayishiga olib kelishi mumkin.

Goelning qayd etishicha, mart oyidan beri investorlar dollar o‘rniga «o‘nlik guruhi» (Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Belgiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Kanada, Shveytsariya) mamlakatlari valutalarini afzal ko‘rmoqda. 

«Dollarga bo‘lgan favqulodda talab pasaymoqda», — dedi u.

Ekspert shuningdek, AQShning karantin cheklovlaridan chiqish strategiyasi boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan yomonroq ko‘rinayotganini qayd etdi.

Goel Xitoy valutasi kuchayib borayotganini ham aytdi.

«Yuan nisbatan barqarorligini ko‘rdik va bu qisman ko‘plab dividendlar to‘lovi hamda AQSh-Xitoy o‘rtasidagi shov-shuvlar bilan bog‘liq», — deb xulosa qildi ekspert.

Mavzuga oid