Nestle noroziliklar tufayli Redskins va Chicos brendlari nomini o‘zgartirmoqda
Avvalroq Dreyer, PepsiCo va Mars kompaniyalari ham o‘z mahsulotlari logotipini o‘zgartirishini e'lon qilgandi.
Nestle kompaniyasining Avstraliyadagi sho‘'ba korxonasi bo‘lgan Allen’s o‘z ishlab chiqaradigan konfetlar nomini o‘zgartiradigan bo‘ldi.
Allen’s kompaniyasi shu tarzda «do‘stlar, qo‘shnilar va hamkasblarning tabaqalanishi»ga chek qo‘ymoqchi ekanligini bildirdi.
«Bu nomlarda Nestle kompaniyasining hurmatga asoslangan qadriyatlariga zid ma'nolar aks etgan», — deyiladi Allen’s kompaniyasining rasmiy bayonotida.
Ushbu qaror Black Lives Matter norozilik namoyishlari ortidan qabul qilindi.
«Redskins» — jargon atama bo‘lib, Amerikaning tub aholisini kamsituvchi so‘z hisoblanadi, «Chico» so‘zi esa «yigitcha» ma'nosini bildirib, lotin amerikaliklarga nisbatan haqoratlidir.
Avvalroq Dreyer kompaniyasi Alyaska, Chukotka, Grenlandiya va Kanada shimolida yashovchi eskimoslar tahqirlanmasligi uchun Eskimo Pie deserti nomini o‘zgartirishga qaror qilgandi.
Bundan tashqari, PepsiCo va Mars kompaniyalari ham o‘zlarining Aunt Jemima va Uncle Ben's mahsulotlari logotipini o‘zgartirishini e'lon qildi.
Mavzuga oid
21:06 / 14.12.2024
Xitoy xalqaro brendlar uchun ortiq imkoniyatlar mamlakati emasmi?
16:41 / 31.08.2024
Rolls va Roysning nomi berilgan brend – qo‘lda yig‘iladigan qimmatbaho avtomobil tarixi
09:00 / 17.08.2024
Jahon brendlari bilan hamkorlik qilgan ishlab chiqaruvchilar 1 million dollar miqdorida grant oladi
08:18 / 24.07.2024