Jamiyat | 00:16 / 24.06.2020
10560
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy hukumati dollardagi to‘lov tizimlaridan uzilishga tayyorlanishga chaqirildi

Foto: EPA

Xitoy hukumati mamlakatning dollardagi to‘lov tizimlaridan uzilishiga jiddiy tayyorlanishi lozim. Bu haqda Xitoyning qimmatbaho qog‘ozlar nazorati qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fan Sinxay aytib o‘tgan.

Sinxayning ta'kidlashicha, Xitoy SWIFT va CHIPS tizimlaridan uzilish uchun nafaqat ruhan, balki jiddiy tayyorlanishi lozim. Uning aytishicha, dollardagi to‘lov tizimlariga bog‘liqlik Xitoyni Vashington sanksiyalari oldida zaif qiladi.

Amaldorning aytishicha, kelgusida AQSh dollarini qadrsizlanish kutmoqda va bu xorijda nomoliyaviy investitsiyalar ko‘rinishida 2 trln dollarga ega Xitoyga juda salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Tashqi moliyaviy bosimni kompensatsiyalash uchun Xitoy o‘z milliy valutasi – yuanning “xalqarolashuvi” bilan shug‘ullanmog‘i lozim.

“Agar bizning xorijdagi aktivlar yuanda bo‘lganda, hech qanday xavotir bo‘lmasdi”, deb tushuntirgan Sinxay.

Mavzuga oid