Bugun 186 bemor tuzaldi, shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 5700ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent, Surxondaryo, Xorazm, va Navoiy viloyatlarida yana 113 bemor sog‘aygani, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 5682 nafarga yetgani haqida xabar berdi.
«Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 25 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 64 nafar, Xorazm viloyatida yana 1 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida 2 nafar, jami 113 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Shu vaqtgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3369 nafar bemor sog‘ayib chiqqan.
Xorazm viloyatida shu vaqtgacha 318ta holat qayd etilgan, shu vaqtgacha koronavirusdan sog‘ayganlar soni 302 nafarga yetdi. Ayni vaqtda viloyatdagi tibbiyot muassasalarida 16 nafar bemor davolanmoqda.
Navoiy viloyatida shu vaqtgacha 283ta holat aniqlangan, bugungilar bilan qo‘shib hisoblaganda kasallikdan tuzalganlar soni 240 nafarga yetdi, yana 43 bemor davolanishni davom ettirmoqda.
Surxondaryo viloyatida esa shu vaqtgacha 101 kishida kasallik aniqlangan, shu vaqtgacha 67 nafar bemor infeksiyadan forig‘ bo‘ldi, shifoxonalarda yana 34 bemor qolmoqda.
Bundan avvalroq kun davomida Toshkent, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda jami 73 bemor koronavirusdan sog‘ayib chiqqani haqida xabar berilgandi.
Shu tariqa, bugun jami 186 nafar bemor Covid-19’dan tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5682 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024