Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 118 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 8503taga yetgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 30 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8503 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 74 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 18 nafari Toshkent viloyatida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida), 17 nafar Samarqand viloyatida (shundan 14 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), qolgan 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun jami 281ta yangi holat qayd etildi va bu yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord 25 iyun kuni qayd etilgan - o‘shanda 276ta kasallanish holati aniqlangandi.
Toshkent, Xorazm, Navoiy, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda jami 186 kishi sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 5682 nafarga yetdi. Shuningdek, 2 bemor vafot etib, jami o‘lim holatlari soni 26tani tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2795 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 21 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022