O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 8700ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 44 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 1 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8671 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 14 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 9 nafari aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi), 2 nafari Buxoro viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 9 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun hozircha 168ta yangi holat qayd etildi. Shuningdek, Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida 55 bemor tuzalib, shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 5737 nafarga yetdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2908 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 21 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024